» » Ayrim toifadagi ishchilarning, jumladan, tibbiyot xodimlarining maoshlari oshiriladi

Ayrim toifadagi ishchilarning, jumladan, tibbiyot xodimlarining maoshlari oshiriladi


O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda mamlakatda ayrim toifalarda ishlovchi xodimlarning ish haqlarida o‘zgarish bo‘lishi borasida ma’lumot berdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, 1-dekabrdan tibbiyot sohasi xodimlarining oylik maoshlari 20 foizga, 2019-aprel oyida esa yana 15 foizga oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2019-yilda o‘qituvchilarining ham oylik maoshlari oshirilishi rejalashtirilgan.

Vazir o‘rinbosari ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yildan eng kam oylikka ishlovchi 370 ming nafar xodimning oyligi birinchi razryad bo‘yicha 15 foiz, ikkinchi razryad bo‘yicha 10 foiz, uchinchi razryad bo‘yicha 5 foizgacha oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 20:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют