» » Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston xalq artisti bilan qo‘shiq kuyladi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1-noyabr kuni xalq artisti Alibek Dnishev bilan uchrashdi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Kun.uz”.

Davlat rahbari A. Dnishovning Qozog‘iston madaniyati va san’atini rivojlantirishdagi o‘rni hamda xizmati alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalq artisti — Ostona va butun mustaqil Qozog‘istonning shakllanishi jarayoniga guvoh va faol ishtirokchisi sanaladi.

Nazarboyev A. Dnishevni “Ostona opera” teatri sahnasida poytaxtning 20 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan konsert dasturi muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

O‘z navbatida, xalq artisti ijodiy sohada amalga oshirilayotgan siyosat va san’at arboblari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv oxirida ular “Men seni sevaman, ona vatanim” qo‘shig‘idan parchani birgalikda ijro etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют