» » O‘zbekistonda 2018-yilda noqonuniy savdo va mahsulotlar ishlab chiqarishga oid 215 ta qonun buzilish holati aniqlandi

O‘zbekistonda 2018-yilda noqonuniy savdo va mahsulotlar ishlab chiqarishga oid 215 ta qonun buzilish holati aniqlandi


Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasining soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari tomonidan muntazam o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari savdo, ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlarida qonunbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deb yozadi O‘zA.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basidan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy savdo va mahsulotlar ishlab chiqarishga oid 215 ta qonun buzilish holati aniqlanib, 1 milliard 230 million so‘mlik noqonuniy tovar moddiy boyliklari vaqtincha saqlovga olingan.

Jumladan, Namangan shahridagi “Chorsu universal dehqon bozori” hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Xudoyberdiyev umumiy qiymati 14,3 million so‘mlik bijuteriya mahsulotlarini hech qanday hujjatsiz sotayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Xuddi shunday Namangan shahrida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan I.Tojiddinov tegishli hujjatlarsiz 12,5 million so‘mlik xalq iste’mol mollari savdosi bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan.

Shuningdek, “Sardoba bozori” MChJ hududida 16,1 million so‘mlik plyonka mahsulotlarini hujjatlarsiz sotayotgan yigirma olti yoshli B.Dadaboyev ham tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish o‘rniga mavjud qonun-qoidalarni pisand qilmaslik qanchalik qimmatga tushishi mumkinligiga o‘z “tajribasida” ishonch hosil qiladigan bo‘ldi.

Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilib, noqonuniy tovarlar olib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют