» » Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 17 turdagi tadbirkorlik faoliyati takomillashtirildi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, 17 turdagi tadbirkorlik faoliyati takomillashtirildi


O‘zbekiston Moliya vazirligi Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 850-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha sharh berdi.

Unda ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilikka asosan xususiy tadbirkorlar chakana savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi jami 81 ta faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishlari, bu jarayonda bir nafardan uch nafargacha xodimni yollab ishlatishi mumkin. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanganda bir nafar, maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatilari bilan shug‘ullanganda uch nafargacha hamda faoliyatning boshqa turlari bidan shug‘ullanganda ikki nafargacha xodimni yollab ishlatishiga ruxsat etilgan.

Lekin, o‘rganishlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari hajmining kattaligi va vaznining og‘irligi sababli, xususiy tadbirkorlar ushbu mahsulotlarni trasport vositalariga yuklash, tashish, tushirish, qadoqlash, qo‘riqlash va sotishni ruxsat etilgan bir nafar yollanma ishchi bilan bajara olmayotganliklari sababli qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha xodimlarni yollab norasmiy ishlatishga majbur bo‘lmoqda.

Ikkinchidan, alyuminiy (plastik) profillardan eshik, deraza va boshqa buyumlarni tayyorlash yirik uskunalardan foydalanilgan holda, sanoat usulida amalga oshirilishi shuningdek,  hamda xom-ashyo materiallari va tayyor mahsulotlarni ortish, tashish, tushirish va o‘rnatish uchun ko‘p ishchi kuchi talab etilishi sababli xodimlarni norasmiy yollab ishlatishga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni shu holatlar avtomobillarni yuvish faoliyati bo‘yicha ham kuzatilmoqda. Oqibatda norasmiy yollangan xodimlarning mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligi ta’minlanmasdan, mehnat stajlari yuritilmasligiga hamda kelgusida asoslangan pensiya to‘lovi kafolatlanmasdan qolishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan yuk ortish va tushirish ishlari og‘ir va xavfli ishlar toifasiga kiritilgan bo‘lib, ish jarayonida bir xodimning doimiy ko‘taradigan yuk og‘irligi 15 kg.dan va ish smenasi davomida jami ko‘taradigan yuk og‘irligi 870 kg.dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Lekin sement (1 qopi 50 kg.), shifer, va yog‘och mahsulotlari sotishda (1 nafar ishchi bilan) mazkur normalarga amal qilib bo‘lmaydi.

Anjumanda aytilishicha, xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji yuzaga keldi. Qarordagi shu kabi 17 ta faoliyat turlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va 2 ta faoliyat turi faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bu esa yuridik shaxs maqomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchilar uchun qulayliklar yaratish bilan birga, xodimlarning mehnat muhofazasi ta’minlanib, belgilangan tartibda bandlik darajasining oshishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son farmoni bilan tasdiqlangan soliq konsepsiyasiga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlab soliq va to‘lovlar bo‘yicha bir qator yengilliklar joriy etilmoqda.

Xususan, ish haqi fondidan sug‘urta badali to‘lovi (8 foiz) bekor qilindi, yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foizdan (kichik korxonalar uchun 15 foiz) 12 foizga tushirildi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkada 12 foiz qilib belgilandi, davlat maqsadli jamg‘armalarga tovar aylanmadan olinadigan 3,2 foizlik ajratma bekor qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют