» » Indoneziyada halokatga uchragan samolyot fyuzelyajining bo‘laklari topildi

Indoneziyada halokatga uchragan samolyot fyuzelyajining bo‘laklari topildi


Yava dengizida Lion Air aviakompaniyasining halokatga uchragan Boeing samolyotining fyuzelyaji topildi. Bu haqda Indoneziyaning Detik News nashri xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.

“Fyuzelyaj topilgan, biroq u deyarli parchalab ketgan”, — deydi Indoneziya harbiy-dengiz floti qo‘mondonlaridan biri kontr-admiral Yudo Margono.

Yava dengizidan, shuningdek, dvigatel parchasi va Boeing shassisi g‘ildiraklaridan biri topilgan. Avvalroq u yerdan halokatga uchragan samolyotning “qora qutisi” topilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti 29-oktabr kuni Jakarta aeroportidan parvoz qilgandan 13 daqiqa o‘tib, Yava dengiziga qulagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют