» » Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan muddatli harbiy xizmatchilarga kreditlar imtihon asosida beriladi

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan muddatli harbiy xizmatchilarga kreditlar imtihon asosida beriladi


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi hamda O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi 2018 yil 16 oktyabr kuni “Muddatli harbiy xizmatchilar bilan tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun kreditlar olish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matubot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu qaror Vazirlir Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yo‘lida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga “O‘zsanoatqurilishbank” hamda “Xalq banki” bilan hamkorlikda kamida olti oy xizmat qilgan muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyati uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va kreditlar berish tartibini tushuntirish bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatni o‘tashda safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan harbiy xizmatchilarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish imkonini beruvchi tegishli sertifikatlar berish tartibi belgilab berildi.

Muddatli harbiy xizmatchilarga tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish uchun sertifikatlar berish mezoniga ko‘ra, kreditlar olish, hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy mashg‘ulotlar kurslarining tugashi bilan muddatli harbiy xizmatchilarning orttirgan bilim darajasini aniqlash, ular orasidan eng faol va bilimlilarini saralash maqsadida imtihon sinovi o‘tkaziladi.

Imtihon ikki bosqichda — test va insho ko‘rinishida bo‘ladi.

Joylardagi Aksiyadorlik tijorat“O‘zsanoatqurilishbank” va AT “Xalq banki” tomonidan o‘tkazilgan test sinovi va insho bo‘yicha yuqori ball (12 balldan yuqori) to‘plagan muddatli harbiy xizmatchilar bilan o‘tkaziladigan yakuniy suhbatdan so‘ng, tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishga sertifikatlar berish uchun harbiy qism komandiriga taqdimnomalar kiritiladi.

Taqdimnomalar harbiy qismlardan Mudofaa vazirligiga yuboriladi. “Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatchilarga tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha imtiyozli kreditlar uchun sertifikatlarni berish masalasini ko‘rib chiqish” komissiyasi tomonidan namuna bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli kreditlarga sertifikatlar berish uchun harbiy qism komandiriga kiritilgan taqdimnomalar o‘rganib chiqiladi. Komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va bayonnoma nusxalarini harbiy qism qo‘mondonliklariga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari va O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasiga yuboriladi.

Mudofaa vazirligida tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur qo‘shma qaror mazmunini tushuntirish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют