» » AQSh Eronga qarshi keng miqyosli sanksiyalarni e’lon qildi

AQSh Eronga qarshi keng miqyosli sanksiyalarni e’lon qildi


AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi 2-noyabr kuni Eronga qarshi sanksiyalar matnini e’lon qildi. Sanksiyalar 5-noyabrdan kuchga kiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Hujjat matniga ko‘ra, yangi sanksiyalar AQSh prezidenti Donald Trampning 8-maydagi Eron bilan yadro kelishuvidan chiqish haqidagi qarori izidan kuchga kirmoqda.

Vazirlik qaroriga muvofiq, AQSh yurisdiksiyasida Eron hukumati va uning Iranian Oil Company hamda Naftiran Intertrade Company energiya kompaniyalari, shuningdek, Eron Markaziy banki bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar va kompaniyalarning barcha aktivlari muzlatiladi.

Shuningdek, AQSh moliya vazirligi Eronning 700 ta tashkilotini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritadi. Shu bilan birga, AQSh Eronni SWIFT banklararo tizimidan o‘chirib qo‘yishni xohlamoqda.

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning ma’lum qilishicha, Eronga qarshi sanksiyalar insonparvarlik yuklariga taalluqli emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 29) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют