» » Bosh prokuratura: Toshkentda bir oilaning 4 farzandi bir kunda vafot etishiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan

Bosh prokuratura: Toshkentda bir oilaning 4 farzandi bir kunda vafot etishiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan


Chilonzor tumanida bir oilaning 4 nafar farzandi bir kunda vafot etishi yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 2018-yil 31-oktabrdagi xulosasiga ko‘ra, Aziza Akbarova (1996- yil), E’zoza Akbarova (2001-yil), Iroda Akbarova (2003-yil) va Farrux Akbarov (2012-yil) ning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish, bosh miya va o‘pka shishi oqibatida kelib chiqqan.

Tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasida tuzilgan tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют