» » AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi migrantlar haqidagi farmonga kiritilgan mamlakatlarning fuqarolari xavfli ekanligiga shubhalanmoqda

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi migrantlar haqidagi farmonga kiritilgan mamlakatlarning fuqarolari xavfli ekanligiga shubhalanmoqda


AQSh ichki xavfsizlik vazirligining razvedka bo‘limi tahlilshunoslari immigratsiya haqidagi farmonga kiritilgan mamlakatlar (Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali) fuqarolari AQSh uchun terrorchilik tahdidiga ega ekanligiga shubhalanmoqda. Bu haqda tegishli hisobotga tayanib, AP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Hisobot mualliflarining fikricha, hujjatga kiritilgan davlatlarning ba’zi fuqarolarigina Suriyada 2011-yilda urush boshlangandan keyin AQShda terrorchilik faoliyatiga jalb etilgan.

Ichki xavfsizlik vazirligi rasmiy vakili hujjat haqiqiy ekanligini rad etmadi, biroq u hali to‘liq tayyor emasligini ma’lum qildi.

Avvalroq Oq uy immigratsiya haqidagi yangi farmonning imzolanishi ko‘chirilishini ma’lum qilgan edi. 4-fevral kuni Sietl federal sudyasi farmon amal qilishini to‘xtatgandan so‘ng unga o‘zgartirish kiritish zarurati yuzaga keldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 65) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют