» » La Liga. “Real Madrid” bugun “Valyadolid”ga qarshi kurashadi, “Barselona” esa “Rayo” maydoniga safar qiladi

La Liga. “Real Madrid” bugun “Valyadolid”ga qarshi kurashadi, “Barselona” esa “Rayo” maydoniga safar qiladi


Bugun, 3-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 11-turi boshlanadi. Kun taqvimidan 4 ta uchrashuv o‘rin olgan.

Turning ilk o‘yinida “Atletiko Madrid” jamoasi “Leganes” maydoniga safar qiladi. O‘yin 16:00 da boshlanishi belgilangan.

Omadsiz davrlarni boshdan kechirayotgan “Real Madrid” esa yangi murabbiy Santyago Solari qo‘l ostida La Ligadagi ilk o‘yinda “Valyadolid”ni o‘z maydonida qabul qiladi. Qayd etish joiz, “Valyadolid”ning ayni damdagi egasi “Real”ning sobiq hujumchisi Ronaldo hisoblanadi. Uchrashuv 19:15 da boshlanadi.

Durang natijalardan boshi chiqmayotgan “Valensiya” esa “Mestalya” stadionida “Jirona”ni mehmon qiladi. O‘yin 21:30 da boshlanadi.

Peshqadam “Barselona” esa safarda “Rayo Valyekano”ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 23:45 da boshlanishi belgilangan.

La Liga

11-tur bellashuvlari

3-noyabr, shanba

4-noyabr, yakshanba

5-noyabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют