» » O‘zbekistonda 2019-yilda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ish haqi ikki marta oshiriladi

O‘zbekistonda 2019-yilda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ish haqi ikki marta oshiriladi


O‘zbekistonda 2019-yilda oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ish haqi sezilarli darajada oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Prezidentning 2018-yil 14-avgustdagi qarori bilan umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malaka toifasiga qarab ularning ish haqini tabaqalashtirgan holda oshirish, malaka toifasini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Jumladan, birinchi bosqichda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari miqdori 10 foiz, yuqori sinf o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari miqdori 24 foizgacha, direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va kutubxonachilar bazaviy tarif stavkalari miqdori 10 foizga oshirildi.

Ikkinchi bosqichda malaka toifasiga qarab o‘qituvchilarga 10 foizdan 25 foizgacha, direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va kutubxonachilarga yana 10 foizga oshirildi.

Natijada 2019-yil 1-yanvarga kelib 1-toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi 45 foizga oshadi, qo‘lga tegadigan oylik ish haqi, direktor jamg‘armasidan o‘rtacha 10 foizgacha ustama hamda daftarlarni tekshirganligi va sinfga rahbarlik qilgani uchun qo‘shimcha haqlar to‘lansa, shuningdek, soliq islohoti natijasida 2,2 million so‘mga yetadi.

Malaka toifasiga ega bo‘lmagan mutaxassis o‘qituvchi va oliy toifali o‘qituvchi o‘rtasidagi farq 21 foizdan 38 foizga oshadi.

Joriy yilda Prezident tomonidan oliy o‘quv yurtlari professor va o‘qituvchilari ish haqini oshirish to‘g‘risida ikkita qaror qabul qilindi. Jumladan, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab ularining lavozim maoshlari tabaqalashtirilgan holda o‘rtacha 25 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ish haqi miqdori 2019-yil 1-yanvardan boshlab 20 foizga va 2019-yil 1-iyuldan boshlab 25 foizga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют