» » O‘zbekistonda aholi xonadonlaridagi gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalar texnik taftishdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholi xonadonlaridagi gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalar texnik taftishdan o‘tkaziladi


Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorda ta’kidlanishicha, hududlardagi ko‘p qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda xonadonlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchrab turibdi.

Oqibatda aholi xonadonlarida yong‘in kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlari ro‘y berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazilmoqda. Ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan hamda moddiy zarar bilan yakunlanadigan baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda.

Ularning aksariyat qismi tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlaridan hamda isitish pechlaridan foydalanishda texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi, tabiiy gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, isitish maqsadida mavjud gaz plitalarini yoqib qo‘yish va xonadonlar ichida ochiq olovdan foydalanish hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda.

Qarorga muvofiq, aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini o‘rganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tashkil etildi hamda ularning vazifalari belgilandi.

Qaror bilan aholi xonadonlarining ichki gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalari quyidagi muddatlarda texnik taftishdan o‘tkaziladi va ularga profilaktika xizmati ko‘rsatiladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют