» » O‘zbekistonda urfga kirmagan moda trendlari

O‘zbekistonda urfga kirmagan moda trendlari


Bo‘lib o‘tgan Moda haftaliklari bizga turli trendlarni hadya etdi, shuningdek, bizga odatiy bo‘lib qolgan kiyim-kechaklarning qay biri hamon dolzarb ekanligi va qay biri o‘z ahamiyatini yo‘qotganligini bildirdi. Ammo moda cho‘qqisida bo‘lgan tendensiyalarning barchasi ham o‘zbekistonlik oliftalar orasida ommalashmayotgani e’tiborga chalinadi. Nahotki trendlar bizga kechikib yetib kelmoqda? Yoki gap boshqa narsadami?

Kyulot — tepasidan pastigacha keng tikilgan kalta shim.

O‘zbekistonlik qizlar bunday shimni chetlab o‘tib, toraytirilgan variantlarni afzal ko‘rmoqda. Sababi nimada? Ehtimol, ular keng shim tananing pastki qismini katta qilib ko‘rsatishi haqidagi yanglish tushunchaga egadir? Ammo, bir tomondan, kalta shim to‘piq suyagiga urg‘u berishi, tananing bu qismi hammada ham nozik ko‘rinishga ega emasligini hisobga olganda, ular bunday trenddan voz kechib to‘g‘ri qiladi.

Oversize — ayollarga xos noziklikni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ataylab kiyiladigan bir necha o‘lchamga katta kiyimlar.

Ammo bizda oversize buyumlarni faqat o‘smir va yosh qizlar kiymoqda. Ehtimol, ko‘pchilikning bu trendni qabul qilmasligi sababi oversize kardigan yoki paltolar o‘lchami noto‘g‘ri tanlangan kiyimlar sifatida tasavvur uyg‘otishidir.

Sport shimini bashang tufli bilan birga kiyish allaqachon ko‘cha modasining asosiy xususiyatlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Ammo Sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida bunday kiyim 90-yillar boshidan buyon didsizlikning cho‘qqisi deb hisoblab kelinadi.

Klassik qora rangdan tortib yorqin sariq ranggacha bo‘lgan sintetik mo‘ynalarni qishki Moda haftaliklarining deyarli barcha to‘plamlarida uchratish mumkin. Ammo bizning mamlakatda sun’iy mo‘ynadan tikilgan palto va shubalarni kiyishga shoshilishmayapti. Nega?

Birinchidan, haqiqiy bo‘lmagan mo‘yna bizda kambag‘allik sinonimi hisoblanadi (u hatto haqiqiysidan ham qimmatbahoroq bo‘lsa-da). Ikkinchidan, bunday shubalarga bizning iqlimda ehtiyoj ham yo‘q — eng qahraton kunlarda ham oddiy par kurtka (puxovik) yetarli bo‘ladi.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют