» » Zangiota tumanida yuz bergan yong‘in oqibatida bir ayol halok bo‘ldi

Zangiota tumanida yuz bergan yong‘in oqibatida bir ayol halok bo‘ldi


2-noyabr kuni soat 17:45 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi Sh.M. ismli ayolning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. O‘zbekiston IIVdan xabar berishlaricha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida esa uyning 4 kv.m. maydonda pol qismi yonib zarar ko‘rgan hamda shu uyda vaqtincha yashagan O.B. ismli ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Zangiotadagi ushbu yong‘in haqidagi xabarida shunday murojaat bilan chiqish qilan: “Hurmatli yurtdoshlar, kuz-qish mavsumi kelganligi sababli uyingizda foydalanayotgan isitish moslamalarining soz holda ekanligiga hamisha e’tibor qarating. Shu bilan birga, maishiy texnikalaringiz va gaz pechlaringizni aslo yoqiq holda qarovsiz qoldirmang”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют