» » Yangi Orlean shahrida avtomobilning olomonga kelib urilishi oqibatida salkam 30 kishi jabrlandi

Yangi Orlean shahrida avtomobilning olomonga kelib urilishi oqibatida salkam 30 kishi jabrlandi


AQShning Yangi Orlean shahrida (Luiziana shtati) parad tomosha qilayotgan olomonga avtomobilning kelib urilishi oqibatida 28 kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa 25-fevral, shanba kuni kechki payt Mardi-Gra bayram paradi chog‘ida sodir bo‘ldi.

Politsiya bo‘limi boshlig‘i Maykl Xarrisonning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 21 kishi shifoxonada bo‘lib turibdi, qolgan 7 kishi shifoxonaga yotishdan bosh tortdi. Jabrlanganlar orasida eng kichigi bo‘lgan 3-4 yosh atrofidagi qizchaning ahvoli barqaror.

Mahalliy rasmiylar avtomobil haydovchisi mast holatda bo‘lganini bildirmoqda. Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, haydovchi hibsga olingan, u terakt amalga oshirishda gumon etilmadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют