» » Toshkent viloyatida ellik mingtalik qalbaki pullar yasab, ularni ishlatib kelgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida ellik mingtalik qalbaki pullar yasab, ularni ishlatib kelgan shaxs qo‘lga olindi


Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari Toshkent viloyatida ellik ming so‘mlik qog‘oz pullarni yasash bilan shug‘ullangan shaxsni qo‘lga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

22 yoshli yigit buning uchun oldin grafik muharrirlikni, rangli printerdan foydalanish sirlari, pul yasash texnikasini chuqur o‘zlashtirgan.

“Men aslida to‘ylar, tug‘ilgan kunlarda suratkashlik va tantanalarni videotasmaga tushirish bilan pul ishlardim, — dedi u. — Shu yil fevral oyida 50 ming so‘mlik pullarni qalbakilashtira boshladim. Oldiniga 30 dona shunday pullarni yasab Olmaliqda buyumlar xarid qilib ko‘rdim. Ikki martasida omadim keldi”.

Ayni paytda qalbaki pul yasash ustasi qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish)ga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda 2018-yil boshidan 51 ta qalbaki pul yasash bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lgan. Ularning 18 tasi Toshkent shahrida, 15 tasi Toshkent viloyatida, 6 tasi Samarqandda kuzatilgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari jinoyatchilardan 5 ming AQSh dollari, 5 ming Rossiya rubli, 5,3 million so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni tortib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют