» » Iroqda IShID qurbonlarining eng katta ommaviy qabri topildi

Iroqda IShID qurbonlarining eng katta ommaviy qabri topildi


Bag‘dod—Mosul yo‘li yaqinidagi cho‘ldan ommaviy qabr topildi. The Telegraph gazetasining ma’lum qilishicha, bu Iroqdagi eng ommaviy qabrdir, deb yozadi “Kommersant.ru”.

Qabrda IShID jangarilari tomonidan o‘ldirilgan to‘rt ming kishining jasadi topildi. Terrorchilar ularni 2014-yildan buyon o‘ldirib, jasadlarini ushbu qabrga tashlagan. Qurbonlarning aksariyati otib o‘ldirilgan.

Avvalroq Iroq hukumati G‘arbiy Mosulga hujumni boshlaganligini ma’lum qilgan edi. Aynan Mosul IShIDning Iroqdagi poytaxti hisoblanadi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют