» » APL. “Liverpul” “Arsenal”ni yuta olmadi, “Tottenhem” esa safarda qiyin g‘alabaga erishdi

APL. “Liverpul” “Arsenal”ni yuta olmadi, “Tottenhem” esa safarda qiyin g‘alabaga erishdi


Kecha, 3-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 11-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, turning markaziy o‘yini Londonda kechdi. Unda “Arsenal” “Liverpul”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda tomonlar gol ura olmadi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Jeyms Milner hisobni ochdi. 82-daqiqada esa Aleksandr Lyakazett gol urib hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

“Tottenhem” esa “Vulverhempton” maydoniga safar qilib, g‘alaba qozondi. Avvaliga 27-daqiqada Erik Lamela Son Xyon Minning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib braziliyalik Lukas Moura hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Harri Keyn ham o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi. 68-daqiqada Ruben Nevesh, 79-daqiqada esa Raul Ximenes penaltidan gol urishga erishdi. Shu tariqa o‘yin “shporlar”ning safarda 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bugun, 4-noyabr sanasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Sauthempton”ni qabul qilsa, “Chelsi” esa Londonda “Kristal Pelas”ni sinovdan o‘tkazadi.

Angliya premyer ligasi

11-tur bellashuvlari

3-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 – 11 Uilson, 1:1 – 35 Marsial, 1:2 – 90+2 Reshford.

Gol: 0:1 – 55 Grey.

Gollar: 1:0 – 26 Risharlison, 1:1 – 33 Dank, 2:1 – 50 Koulmen, 3:1 – 77 Risharlison.

Gol: 1:0 – 65 Peres.

Gollar: 1:0 – 10 Arnautovich, 1:1 – 45 Gudmundsson, 2:1 – 68 Felipe Anderson, 2:2 – 77 Vud, 3:2 – 84 Felipe Anderson, 4:2 – 90 Ernandes.

Gollar: 0:1 – 61 Milner, 1:1 – 82 Lyakazett.

Gollar: 0:1 – 27 Lamela, 0:2 – 30 Lukas Moura, 0:3 – 61 Keyn, 1:3 – 68, penalti Ruben Nevesh, 2:3 – 79, penalti Ximenes.

4-noyabr

5-noyabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют