» » Donald Tramp harbiy xarajatlar sezilarli miqdorda oshirilishini ma’lum qildi

Donald Tramp harbiy xarajatlar sezilarli miqdorda oshirilishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy xarajatlarning sezilarli darajada oshirilishini ma’lum qildi. Tramp “Konservativ siyosiy harakat” tashkiloti forumidagi nutqida “bekorchi gaplarning davri” yakunlanib, “faol harakatlar” boshlanganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

AQSh prezidenti forum ishtirokchilariga yaqin orada mamlakatdagi iqtisodiy tizimni o‘zgartirishga qaratilgan qator farmonlar chiqarishga va’da berdi. Xususan, u ijtimoiy to‘lovlar kamaytirilib, welfare tizimidan voz kechilishini qayd etdi.

“Barcha amerikaliklar uchun yordam pulidan voz kechib, ishga qaytish vaqti keldi”, — deya AQSh yetakchisi yig‘ilganlarni qabul qilingan choralar ularga yoqishiga ishontirdi.

Shuningdek, Donald Tramp mamlakatda tez orada neft va ko‘mir ishlab chiqarish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinishiga urg‘u berdi. Shu bilan bir vaqtda inson va atrof-muhit himoyasi bilan bog‘liq yangi qoidalar o‘rnatilishiga va’da berdi.

Prezident OAVlar tomonidan tarqatilayotgan yolg‘on axborot masalasiga alohida e’tibor qaratdi. U Oq uyda anonim manbalardan voz kechish siyosatini e’lon qildi.

“Manba Donald Tramp juda yomon deb qayd etdi. Buni yuzimga aytsin”, — deya amerikalik yetakchi yig‘ilganlarni anonim xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u OAVlarni maksimal darajadagi ochiq ma’lumot bilan ta’minlashga va’da berdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют