» » Toshkentda erkak ayoldan 25 ming dollar olib o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi

Toshkentda erkak ayoldan 25 ming dollar olib o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi


Toshkentlik Z.M ismli ayol S.O ismli erkakga “karbamid” olib berishi uchun 25 ming AQSh dollarini berib yubordi. S.O esa pulni qo‘lga kiritgach, uni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shuningdek, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi avtomashina bozorida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi S.M. Nexia rusumli avtomashinasini sotish uchun bozorga olib chiqqan. Noma’lum shaxs kelib keyinchalik sotib olish sharti bilan 24 oy davomida har oyda 500 dollardan jami 12 ming dollar to‘lab berishini aytadi. S.M. bunga rozi bo‘ladi va avtomobilini unga berib yuborgan.

U avtomashinani olib ketgach, uni bo‘laklarga ajratib, noma’lum shaxslarga sotib yuborgan. Pulini esa o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Organ xodimlarining sa’y-harakati bilan ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 23 yoshli T.A.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Ushbu ikki holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют