» » Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ixtisoslashgan maktab barpo etiladi

Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ixtisoslashgan maktab barpo etiladi


Gulistonda shoira Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ixtisoslashgan maktab barpo etiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev shaharda qurib bitkazilgan 360 xonadondan iborat 8 ta uyni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanada ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Mazkur o‘quv muassasasi yaqinida zamonaviy maktabgacha ta’lim maskani ham quriladi.

“Buyuk kelajak” deb nomlangan yangi mavzeda aholi soni yil sayin ortib bormoqda. O‘tgan yili bu yerda 225 ta oilani o‘z bag‘riga olgan 5 ta 5 qavatli uy qurilgan edi.

Mavzeda 7 qavatli arzon turar-joylar qurish ham mo‘ljallanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют