» » Tulalik erkak rashk tufayli xotini va yana to‘rt kishini maishat vaqtida yoqib yubordi

Tulalik erkak rashk tufayli xotini va yana to‘rt kishini maishat vaqtida yoqib yubordi


Rossiyaning Tula viloyati fuqarosi xotini va uning to‘rt tanishi maishat qilayotgan vaqtda uyga o‘t qo‘ydi. Uy ichida bo‘lganlardan faqat bir kishi tirik qoldi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi saytida ma’lum qilindi.

Hodisa 25-fevralga o‘tar kechasi, Bogoroditsk shahridagi shaxsiy uyda sodir bo‘ldi. Besh nafar mahalliy fuqaro – uyning 30 yoshli egasi, uning tanishlari bo‘lgan 32 va 36 yoshli ikki erkak hamda 33 va 39 yoshli ikki ayol spirtli ichimliklar iste’mol qilayotgandi.

Taxminan 3:00 da gumonlanuvchi ko‘rsatilgan uyga keldi. U uy egasi va xotini o‘rtasidagi munosabatlardan rashki keldi va ayvonni yoqib yubordi.

Rossiya tergov qo‘mitasining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasi

Kuyish jarohatini olgan uy egasi ko‘chaga chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Uy ichida qolgan 4 kishi voqea joyida is gazidan zaharlanish tufayli halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Rossiya tergov qo‘mitasining Tula viloyati bo‘yicha boshqarmasi

Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan “Xavfli usul bilan ikki va undan ortiq kishini o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Gumonlanuvchi — 35 yoshli erkak qo‘lga olindi. “Dalil-isbot to‘plash maqsadida kerakli tergov ishlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchini hibsga olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, – dedi tergovchilar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют