» » Rossiya hududida O‘zbekistonning yangi konsullik okruglari tashkil etildi

Rossiya hududida O‘zbekistonning yangi konsullik okruglari tashkil etildi


Endilikda O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi faqat Markaziy federal okrugga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, Rossiya hududidagi O‘zbekistonning yangi bosh konsulxonalari konsullik okruglari tashkil etildi.

Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxona — Shimoli-g‘arbiy federal okrug; Novosibirskdagi — Sibir federal okrugiga; Vladivostok shahridagi — Uzoq Sharq federal okrugiga; Yekaterinburgdagi bosh konsulxona — Ural federal okrugiga; Qozon shahridagi bosh konsulxona — Volgabo‘yi federal okrugiga; Rostov-Dondagi bosh konsulxona — Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okrugiga biriktirilgan.

TIV axborot xizmati, shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Rostov-Don shaharlaridagi bosh konsulxonalar tomonidan konsullik harakatlar amalga oshirilmayotgani sababli zarur tashkili masalalar hal etilgunga qadar O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi Volgabo‘yi, Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okruglariga, Novosibirsk shahridagi bosh konsulxona esa Uzoq Sharq va Ural federal okruglariga ham xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilgan.

Har bir konsulxonaning to‘liq faoliyat yuritishi boshlanishi to‘g‘risida qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют