» » O‘zbekiston FVV xorijiy OAVlarning Toshkent viloyatida qoramollar orasida oqsil kasalligi tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi

O‘zbekiston FVV xorijiy OAVlarning Toshkent viloyatida qoramollar orasida oqsil kasalligi tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi


Ayrim xorijiy OAVlarda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qoramollar orasida oqsil kasalligi tarqalganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Oqqiyev boshchiligida bir guruh veterinariya mutaxassislari Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida joyiga chiqqan holda epizootik vaziyatni o‘rganib chiqishdi.

Mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurish usulida veterinariya mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida yirik shoxli va mayda shoxli qoramollar orasida oqsil kasalligi belgilari aniqlanmadi. O‘rganilgan xonadonlarda qoramollardan laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olindi.

Shu hududda istiqomat qiluvchi xonadonida qoramollari bor fuqarolar bilan suhbatlashilganda, qoramollarni oqsil kasalligi bilan kasallanganligi va nobud bo‘lganligi bo‘yicha umuman xabarlari yo‘qligi aniqlandi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2016-yilda 4,5 million doza miqdorida oqsil kasalligiga qarshi emlama sotib olingan va respublikaning bufer hududlaridagi barcha yirik shoxli qoramollar emlangan. Hozirgi kunda respublika hududida epizootik vaziyat o‘zgarishsiz va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют