» » O‘zbekistonlik stilist Alla Pugachyova bilan klip suratga oldi (video)

O‘zbekistonlik stilist Alla Pugachyova bilan klip suratga oldi (video)


Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan Alisher ismli yigit Rossiya estradasining primadonnasi hisoblangan Alla Pugachyova bilan klip suratga oldi, deya xabar bermoqda Sputnik.

“Gazeta.ru” yozishiga qaraganda, Alisher dastlab fotomodel bo‘lgan. U mashhur modelyer Slava Zaysevning modalar uyida ishlagan. Keyinchalik o‘zi mustaqil modelyer bo‘lib tez orada Bouton modalar uyining art-direktori lavozimini egallagan. Alla Pugachyova uning mashhur mijozlaridan eng birinchisi bo‘lgan. Alisher shuningdek, Kristina Orbakayte, Masha Rasputina, Filipp Kirkorov, Jasmin, Sofiya Rotaru, Anita Soy, Natasha Korolyova, Irina Saltikova, Anastasiya Stotskaya kabi estrada yulduzlarini ham kiyintirgan.

Gazeta yozishiga ko‘ra, Alisherning sahnaga chiqishiga va xonandalik talantini namoyon qilishga aynan Alla Pugachyova yordam bergan.

Bugungi kunda Alisher Moskvadagi turli tadbirlarda va turli klublar sahnalarida o‘z qo‘shiqlarini ijro etib kelmoqda. Alisher Nargiz Zokirova hamda Yekaterina Varnavalar bilan birgalikda qo‘shiqlar ijro etgan.

Haqiqatan ham sartarosh, stilist kabi kasb egalari orasida talantli xonandalar ko‘p bo‘lsa kerak, deyiladi xabarda. Maslan, Sergey Zverev ismli rossiyalik xonanda ham dastlab sartarosh bo‘lgan ekan. Vlad Lisovets — avval mashhur sartarosh, keyin — teleboshlovchi. Olga Buzova — avval stilist, modelyer, keyin — teleboshlovchi, qo‘shiq ham aytib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют