» » Aziz Abduhakimov: davlatning aviabozordagi ishtiroki tubdan qayta ko‘rib chiqiladi

Aziz Abduhakimov: davlatning aviabozordagi ishtiroki tubdan qayta ko‘rib chiqiladi


O‘zbekistonda davlat nazorati tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, yo‘lovchi aviatashuvlari bozorining institutsional asoslarini takomillashtirish, funksiyalarni davlat regulyatori, aviatashuvchi va aeroportlarni boshqarish bo‘yicha operatorga bo‘lib chiqish kutilmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov jurnalistlarga aytib o‘tdi, deb yozadi Spot.

Prezidentning “Turizm sohasini tezkor rivojlantirish masalalarini o‘rganish bo‘yicha guruh tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmonida sohani yanada rivojlantirish yo‘llari belgilab qo‘yilgan.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, avvalo, transport va yo‘l yoqasi infratuzilmasini, avtomobil yo‘llari, yo‘lovchilarni temir yo‘l va avtomobil transportida tashish tizimlarini rivojlantirish muammolarini hal qilish kerak.

Havo qatnoviga kelsak, u yerda milliy aviatashuvchi aviatsiya parkidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda muntazam va charter parvozlari geografiyasini kengaytirish uchun chet el aviakompaniyalarini jalb etish rejalari ham bor.

Aeroportlarda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun ularning alohida tuzilmaga ajratilishi, investorlarga tanlov asosida tashqi boshqarilishga berilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston aviabozorida deyarli barcha narsa uchun bitta davlat kompaniyasi — “O‘zbekiston havo yo‘llari” javob beradi (uning ulushi — 75 foiz). Jahon banki guruhi hukumatga aviatsiya sektorini isloh qilish borasida konsultatsiya beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют