» » Samarqandda birinchi marta operatsiya yordamida exinokokk olib tashlandi

Samarqandda birinchi marta operatsiya yordamida exinokokk olib tashlandi


Samarqand viloyati Paxtachi tuman markaziy shifoxonasida birinchi marta 53 yoshli bemorning jigar, taloq, bachadon, qorin parda orti sohasi, qorin bo‘shlig‘ining barcha sohalaridan 21 ta exinokokk o‘simta jarrohlik operatsiyasi yordamida olib tashlandi, deb xabar beradi Turon 24.

Sakkiz soat davom etgan jarrohlik operatsiyasini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining yetakchi jarrohlari Olimjon Xo‘jamov, Iskandar Shonazarov va Yo‘ldosh Kuliyevlar amalga oshirishdi.

“Bu judayam murakkab va qimmat jarrohlik operatsiyasi bo‘lib, shu paytgacha faqatgina poytaxtda amalga oshirilar edi. Bu orqali nafaqat 53 yoshli bemor uzoq masofaga bormasdan salomatligini tikladi, balki olis tumanda ham qiyin jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish imkoni borligi isbotlandi”, – dedi Olimjon Xo‘jamov.

Tuman tibbiyot birlashmasining ma’lum qilishicha, odatda bunday operatsiyalar uchun o‘rtacha 15—20 million so‘m sarflanadi. Paxtachida o‘tkazilgan mazkur operatsiya esa bepul amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют