» » Xorazm viloyatida 12,4 milliard so‘mlik soliq qarzlari undirildi

Xorazm viloyatida 12,4 milliard so‘mlik soliq qarzlari undirildi


Xorazm viloyati davlat soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida soliq to‘lovchilarning budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi soliq qarzdorligini qisqartirish yuzasidan tadbir o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hamkorlikda olib borilgan tadbirlar jarayonida 2 ming 249 tadbirkorlik subyektining soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamasdan, faoliyat yuritayotgani aniqlandi. Shundan 946 tasining mol-mulklari xatlovga olindi. 1 ming 854 qarzdorlarning 12,4 milliard so‘mlik soliq qarzlari davlat foydasiga undirildi. Xususan, Xiva tumanidagi “Xivaneftgazqurilish” korxonasining 317 million so‘mlik “Solor 210” rusumli ekskavatori va Isuzu rusumli avtobusi, Shovot tumanidagi “Shovot mashina traktor parki” MChJning 111,5 million so‘mlik Case rusumli traktori va Urganch tumanidagi “Xudargan Umid” xususiy korxonasining 12,4 million so‘mlik soliq qarzi yuzasidan korxonaga qarashli yuk ortuvchi transport vositasi sud hujjatlari asosida qarzdorlik hisobiga xatlandi.

Davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan bo‘lsa-da, belgilangan normalarga rioya qilmasdan, o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yib, yirik soliq qarzdorligining kelib chiqishiga sababchi bo‘layotganlarning ham mavjudligi kishi dilini xijil qiladi. Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan soliq qarzi mavjud jami 35,1 mingta qarzdorning 79,4 milliard so‘mlik, shundan 12,9 mingta yuridik shaxslarning 68,9 milliard so‘mlik, 8 mingta jismoniy shaxsning 4,5 milliard so‘mlik, 14,2 mingta yakka tartibdagi tadbirkorning 6 milliard so‘mlik qarzdorligi mavjud. Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 660 nafar shaxsga nisbatan 63,4 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 113 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют