» » AQSh Eronga qarshi “kuchli” sanksiyalar joriy qildi. Tehron ularni chetlab o‘tishini ma’lum qildi

AQSh Eronga qarshi “kuchli” sanksiyalar joriy qildi. Tehron ularni chetlab o‘tishini ma’lum qildi


AQSh 2015-yilda Barak Obama ma’muriyati tomonidan bekor qilingan Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy etdi, deb xabar beradi “Meduza”.

Donald Tramp ularni “AQSh tomondan qachonlardir qo‘llanilgan eng kuchli sanksiyalar” deb atadi.

Cehklovlar neft savdosi, bank va kemasozlik sohasiga kiritilgan.  AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar hammasi bo‘lib 700 ta Eron firmasi va banklariga taalluqli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzdan ortiq xalqaro kompaniyalar Erondagi ish faoliyatini to‘xtatgan, neft eksporti esa bir kunda million barreldan ko‘proqqa tushib ketib, 2,8 million barreldan 1,7 barrel ko‘rsatkichga yetgan.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatning Amerika sanksiyalarini chetlab o‘tishini ma’lum qildi. Bunda Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, “Eron xalqi va jamiyatdagi birdamlik” yordam beradi.

“Biz Amerika xalqini ular buyuk Eron xalqi bilan gaplashayotganida kuch, bosim va tahdid tilidan foydalana olmasligiga ishontiramiz”, — deydi Ruhoniy.

Eronga qarshi xalqaro sanksiyalarning aksariyati 2015-yilda, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va AQSh tomonidan “yadroviy kelishuv” imzolanganidan so‘ng bekor qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют