» » Tramp bir oy ichida AQSh qarzlarini 12 milliard dollarga kamaytirgani bilan maqtandi

Tramp bir oy ichida AQSh qarzlarini 12 milliard dollarga kamaytirgani bilan maqtandi


AQSh prezidenti Donald Tramp u lavozimini egallab turgan bir oy ichida mamlakat qarzi 12 milliard dollarga kamayganligini eslatib o‘tdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

OAVlar boshqaruvimning birinchi oyi davomida milliy qarz 12 milliard dollarga kamayganligini ma’lum qilmadi.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

U iqtisodiy ko‘rsatkichlar Amerika biznesining kelajagi uchun katta umid uyg‘otishini qo‘shimcha qildi.

Tramp taqqoslash uchun prezident Barak Obama boshqaruvining birinchi oyida qarz 200 milliard dollarga oshganligini eslatib o‘tdi.

AQSh Moliya vazirligi saytida ma’lum qilinishicha, 2017-yilning 20-yanvar kuni, Trampning inauguratsiya kuni mamlakat qarzi 19,947 trillion dollarni, 21-fevral kuni esa 19,935 trillion dollarni tashkil etgan.

Опубликовано: admin (26-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют