» » Samarqand tumanida 2 tonna baliq bepul tarqatildi

Samarqand tumanida 2 tonna baliq bepul tarqatildi


4-noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumanida o‘tkazilgan baliq saylida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va ehtiyojmand fuqarolarga ikki tonna baliq tarqatildi. Bu haqda “Turon24” xabar bermoqda.

Baliq sayli “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligi tomonidan “Maroqand” dehqon bozori negizidagi avtomobil bozori o‘rnida tashkil etildi. Sayil baliqchilik kompleksi va ekobog‘, baliqchilik innovatsion ilmiy o‘quv markazi hamda baliqchilik laboratoriyasi tashkil etishga bag‘ishlangan tadbir doirasida bo‘lib o‘tdi.

Umumiy qiymati 49 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha baliqchilikdan tashqari 200 o‘rinli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, 100 o‘rinli mehmonxona hamda ko‘p qavatli turar joylar barpo etish uchun yo‘naltiriladi. Loyihani amalga oshishi natijasida 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Hozir viloyatda 441 ta baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda. 2018-yilning o‘tgan 10 oyida 7,093 tonna baliq ovlash rejasi belgilangan. Amalda 7 484,9 tonna baliq ovlangan.

“Ipoteka Bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki Samarqand filialining ma’lum qilishicha, baliqchilik sohasi uchun 2018-yilning yakunigacha 52,4 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratiladi. 1-oktabr holatiga ko‘ra, 47,6 milliard so‘m kredit mablag‘i berilgan.

2018—2019-yillarda Samarqand viloyatida baliqchilik sohasiga 35 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish belgilangan. Shundan hozirgacha 10,5 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etish bo‘yicha yuqoridagi kabi loyihalar tanlab olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют