» » Toshkentning bir qator tumanlaridagi sport inshootlarining qurilishi bo‘yicha mas’ullar ogohlantirildi

Toshkentning bir qator tumanlaridagi sport inshootlarining qurilishi bo‘yicha mas’ullar ogohlantirildi


O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev tomonidan Respublikaning barcha hududlaridagi aholi qatlamlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, mavjud sport inshootlarining qurilish va moddiy-texnik ahvolini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Kuni kecha vazir Toshkent shahridagi sport inshootlarining qurilish-ta’mirlash ishlari sifatini va o‘z muddatida bajarilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.

Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan joriy yilda poytaxtda 2 ta yopiq suzish havzasi, 2 ta sport majmuasining yangi qurilishi, 2 ta mavjud sport inshootining kapital ta’mirlanishi belgilangan edi.

Vazir Dilmurod Nabiyev tomonidan o‘rganish jarayonida Toshkent shahrining Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlaridagi sport inshootlarining qurilishi, kapital ta’mirlanishi borasida olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada tashkil etilmayotganligi aniqlandi.

Xususan, Mirobod tumani Qo‘yliq-3 mavzesida joylashgan Sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining sun’iy qoplamali stadionidagi ishlar o‘z nihoyasiga yetkazilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qarashli “Katta qorasu” mahallasi hududida joylashgan yopiq suzish havzasi va Uchtepa tumani “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasida joylashgan 2-bolalar-o‘smirlar sport maktabining yopiq suzish havzalari joriy yil foydalanishga topshirilishi belgilangan. Ammo ayrim mas’ullarning o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashganligi sababli, qurilish ishlari orqada qolgan.

Vazir mas’ullarga ushbu holat va mavjud muammolarning yechimi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar va qat’iy ogohlantirish berdi hamda kuniga navbati bilan 2 smenada ish tashkil etib, 2018-yil 25-dekabr sanasiga qadar obyektni topshirish vazifalarini yukladi. Shuningdek, vazir quruvchilarga avvalo, sifatga e’tibor qaratish lozimligini aytib o‘tdi.

Dilmurod Nabiyev muassasa rahbarlariga zamonaviy marketing usullaridan unumli foydalangan holda davlat-xususiy sherikchiligi ko‘rinishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, olingan daromad hisobidan basseynlar ish faoliyatini samarali tashkil etish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va fidoyi murabbiylarni taqdirlash lozimligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют