» » Zarafshonda “Maxsustrans” binosida bangixona tashkil etgan fuqarolar qo‘lga olindi

Zarafshonda “Maxsustrans” binosida bangixona tashkil etgan fuqarolar qo‘lga olindi


Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Zarafshon maxsustrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati binosida bangixona tashkil etgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Turon24.

Aniqlanishicha, Zarafshon shahrining 2-kichik tumanida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqaro A.M. mas’uliyati cheklangan jamiyat binosida sheriklari D.Q., Sh.K., K.I. bilan birgalikda yashirincha “krokodil” giyohvand moddasini tayyorlagan. MChJda qorovul lavozimida ishlab kelayotgan A.Martinov o‘z ishxonasida yashab kelgan. Giyohvand moddalarni tayyorlash asosan tungi soat 2:00 — 3:00 oralig‘ida amalga oshirilgan.

So‘rovlar jarayonida gumonlanuvchilar qo‘lbola usulda tayyorlangan giyohvandlik moddasini faqatgina o‘zlari iste’mol qilganini aytgan. Hozirda uning tarqatilishi yuzasidan ham alohida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur fuqarolarga Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 4-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiy viloyatida oktabr oyi davomida 3 marotaba giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda o‘tkazish kuzatilgan. Tezkor tadbirlar natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan Navbahor tumani Qizilrabod MFYda yashovchi Z.O‘.ga, Paxtachi tumani Qushovuz MFYda yashovchi A.X.ga, Karmana tumanida Gurda MFYda yashovchi fuqaro F.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют