» » Afsonaviy Muhammad Ali o‘g‘liga shon-shuhrat va ismdan tashqari migratsion muammolar ham qoldirib ketgan

Afsonaviy Muhammad Ali o‘g‘liga shon-shuhrat va ismdan tashqari migratsion muammolar ham qoldirib ketgan


AQSh hukumatining immigratsiya nazorati yangi choralari navbatdagi mojaroning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Florida xalqaro aeroportida afsonaviy bokschi, 2016-yil yozida vafot etgan Muhammad Alining o‘g‘li qo‘lga olindi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Hodisa shu yilning 7-fevral kuni, kichik Muhammad Ali onasi bilan Yamaykadan qaytayotganida sodir bo‘ldi. E’tiborlisi, afsonaviy bokschining o‘g‘li AQSh pasporti bilan sayohat qilgan edi.

Migratsiya xizmati xodimlari ayolni o‘tkazib yubordi, kichik Muhammad Ali esa so‘roq qilinish uchun kichik xonaga olib ketildi. So‘roq davomida kichik Muhammad Aliga bu ism qayerdan olingani va uning musulmon yoki musulmon emasligi haqida savollar berildi.

Endi buyuk bokschining o‘g‘li AQSh rasmiylariga nisbatan sudga da’vo arizasini bermoqchi. Kichik Muhammad Alining fikricha, uning huquqlari buzilgan, qo‘lga olinish esa noqonuniy bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют