» » Chilonzordagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzordagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi


5-noyabr kuni soat 07:24 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Chilonzor tumanida joylashgan “Yangi Fayz ta’mir” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘inni o‘chirishga 6 ta o‘t o‘chirish ekipaji jalb qilindi. Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in hududi soat 07:37 da o‘rab olinib, 07:45 da o‘chirildi.

Ofat oqibatida ushbu sexning 80 kvadrat metr maydonda tomi, ichki qismi va jihozlari yongan. Sex ishchisi S.E. kuyish tan jarohati olgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют