» » 3 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda ot tufayli yuz bergan YTHda halok bo‘ldi

3 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda ot tufayli yuz bergan YTHda halok bo‘ldi


Qozog‘istonninf Turkiston viloyatida politsiyachilar besh kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi jinoyat ishini tekshirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Hodisa 5-noyabr kuni taxminan tungi 1 da Chordara tumani hududida yuz bergan. Aniqlanishicha, Chordara-Abay trassasida “MAZ” yuk mashinasi haydovchisi yo‘lga yugurib chiqqan otni bosib ketgan. So‘ng yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Lexus avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Lexus haydovchisi, olmaotalik erkak va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi — Chordara tumani fuqarosi va uch nafar O‘zbekiston fuqarosi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi. Lexus’ning O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yana bir yo‘lovchisi shikastlanishlar bilan tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga joylashtirildi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yuk mashina haydovchisi, Qizilo‘rda viloyati fuqarosi hibsga olindi. Otning egasi kimligi aniqlashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют