» » Fransiyada “Milliy front” yetakchisi Marin Le Penga qarshi namoyishlarda 13 politsiyachi jarohatlandi

Fransiyada “Milliy front” yetakchisi Marin Le Penga qarshi namoyishlarda 13 politsiyachi jarohatlandi


Fransiyaning Nant shahrida “Milliy front” yetakchisi Marin Le Penning saylovoldi mitingiga qarshi norozilik aksiyasi davomida kamida 13 nafar huquq-tartibot xodimi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Nantda ‘Milliy front’ga qarshi namoyishlar yakuni: 13 politsiyachi va jandarm jarohat oldi”, — deyiladi mahalliy politsiyaning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan xabarda.

25-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarning asosiy qismi tinch o‘tdi. Biroq aksiya yakunida uning ayrim qatnashchilari huquq-tartibot xodimlariga toshlar, alangalanuvchi suyuqlik solingan shishalar uloqtirdi. Shuningdek, banklar bo‘limlari, do‘konlar talon-taroj qilindi, bekatlarning oynavand devorlari sindirildi.

700 nafar politsiyachi va jandarm safarbar etilgan tartibsizliklarni bartaraf etish 5 soatdan ko‘proq vaqt oldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют