» » Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etildi

Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi tashkil etildi.

Uning asosiy vazifasi jumladan, turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish hisoblanadi.

Markazga arbitr sifatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlar fuqarosi bo‘lgan malakali arbitrlar ham jalb etilishi mumkinligi belgilandi.

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, nizolarni hal etishda Markaz arbitrlari tomonidan boshqa, shu jumladan, xorijiy davlatning huquqi qo‘llanishi mumkin.

Markaz qoshida uning faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida arbitraj sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislardan, shuningdek, jahonning e’tirof etilgan arbitraj markazlari arbitrlaridan iborat Kuzatuv kengashi tashkil etiladi.

Markazga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan, qoidaga ko‘ra, yetakchi xorijiy xalqaro arbitrajlarda arbitr sifatida ishlash tajribasiga ega shaxslar orasidan tayinlanadigan rahbar boshchilik qiladi.

Qaror bilan shuningdek Markaz faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar belgilab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют