» » O‘zbekiston Tyumen kartoshkasini yetishtirib, uni yana Rossiyaga yetkazadi

O‘zbekiston Tyumen kartoshkasini yetishtirib, uni yana Rossiyaga yetkazadi


O‘zbekiston hamda Rossiyaning KRiMM agrofirmasi respublikada Tyumen urug‘lik kartoshkasini yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihani muhokama qilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

KRiMM agrofirmasining terminallari orqali kuniga 400 ming tonnagacha kartoshka va sabzavotlar yuklab yuboriladi. Ushbu mahsulotlarning bir qismi O‘rta Osiyo mamlakatlariga jo‘natiladi. Qabul qilib oluvchilardan biri O‘zbekiston bo‘ldi, u yerga hozircha 3 ming tonna kartoshka yetkazilmoqda.

“O‘zbekiston bilan to‘laqonli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyati bor. Ushbu mamlakatga safar chog‘ida Tyumen viloyati delegatsiyasi savdo sheriklariga urug‘lik kartoshkani sotib olib, uni yetishtirishni taklif qildi. Shu tariqa, bizga may oyidayoq, yoki hatto undan ham ertaroq yangi mahsulotni yetkazishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Aynan o‘sha vaqtda muayyan tanqislik yuzaga keladi, va Tyumen viloyati kartoshkani, shu jumladan, Uzoq Sharqdan ham qabul qiladi”, — dedi agrofirma bosh direktori Gennadiy Ryazanov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют