» » Surxondaryoda jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari davom etayotganligi ma’lum qilindi

Surxondaryoda jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari davom etayotganligi ma’lum qilindi


Surxondaryo viloyati prokuraturasi va ichki ishlar organlarining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev va Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda viloyat hududida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan isloh qilish va hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Ichki ishlar organlarining mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, aholi osoyishtaligini ta’minlash borasidagi faoliyati tanqidiy jihatdan ko‘rib chiqildi.

Viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyat barcha joylarda ham talab darajasida tashkil etilmagani oqibatida jinoyatlarni fosh etish ko‘rsatkichi tobora pasayib bormoqda. Tergov harakatlari sifatsiz olib borilayotgani tufayli ko‘plab jinoyat ishlari qo‘shimcha tergovga qaytarilmoqda. Eng achinarlisi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlari hanuz davom etmoqda.

Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov viloyat ichki ishlar organlari faoliyatida yuqoridagi kabi xato va kamchiliklar mavjudligini qayd etish barobarida, hozirgi kunda vohada jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni qidirib topish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham qoniqarsiz ahvolda ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, quyi tizim o‘z holiga tashlab qo‘yilganligini, ular ustidan kundalik nazorat susaytirib yuborilganligini, tegishli idoralar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik tizimli tashkil etilmaganligini tanqid qildi.

Yig‘ilishda viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda tuman-shahar IIBlari boshliqlari va prokurorlarining axborotlari tinglandi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan qo‘shma yig‘ilish qarori qabul qilindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют