» » Rossiyada xususiy uyda yuz bergan yong‘inda 6 nafar bola halok bo‘ldi

Rossiyada xususiy uyda yuz bergan yong‘inda 6 nafar bola halok bo‘ldi


Rossiyaning Kemerovo viloyati Yurga shahrida xususiy turar-joyda yuz bergan yong‘inda olti nafar bola va ikki nafar katta odam halok bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Yong‘in haqidagi signal 6-noyabr kuni tongda (mahalliy vaqt bilan 4 da) kelib tushgan. Bir soatdan keyin o‘t o‘chirilgan, o‘t o‘chiruvchilardan biri jabrlangan.

Halok bo‘lganlarning barchasi — bitta oila a’zolari. 42 yoshli ayol tirik qolgan. Yong‘inda uning 72 yoshli onasi, 30 yoshli eri, uch farzandi va uch nevarasi halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa yuz bergan vaziyat o‘rganilmoqda.

Prokuraturadagilar aniqlik kiritishicha, yonib ketgan uyda mahalliy oila ijarada turgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют