» » Spice Girls guruhi Britaniya bo‘ylab yangi tur uchun birlashdi

Spice Girls guruhi Britaniya bo‘ylab yangi tur uchun birlashdi


Britaniyaning Spice Girls pop-guruhi ijtimoiy tarmoqlar orqali birlashganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Jeri Xorner, Emma Banton, Mel Bi va Mel Si bir guruh bo‘lib qayta tiklandi va 2019-yilning yozida Buyuk Britaniya bo‘ylab yangi turga otlanadi.

Guruhning beshinchi a’zosi Viktoriya Bekxem loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan. U o‘zining biznesga oid majburiyatlari tufayli guruhga qo‘shilmaydi.

Qayd etilishicha, Mel Bi qachondir Bekxemni o‘zlarining safida ko‘rishga umid qilmoqda.

Guruhning birinchi konsert dasturi 1-iyun kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Spice Girls guruhi 1994-yilda tashkil etilgan. 2000-yildan boshlab guruh a’zolari yakkaxon holda ijod qilib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют