» » Farg‘onada Koreyaga jo‘natishni va’da qilib, fuqaroning pasporti va 6 ming dollarini olib qo‘ygan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada Koreyaga jo‘natishni va’da qilib, fuqaroning pasporti va 6 ming dollarini olib qo‘ygan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


O‘zini Tashqi ishlar migratsiyasi xodimi deb tanishtirib, surxondaryolik yigitni Koreyaga ishlashga jo‘natish bahonasida uning pasporti va 6 ming dollar pulini olib qo‘ygan marg‘ilonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi O‘zA xabarida.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Gulhovuz mahallasida yashovchi Boybo‘ri Ishonov 2016-yil Koreya davlatida ishlashga borish uchun hujjat topshirib, tegishli imtihondan o‘ta olmaydi.

Internet tarmog‘i orqali buni bilib olgan Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Miltiqsoz mahallasida yashovchi Valijon Firibjonov (ism-shariflar o‘zgartirildi) B.Ishonov bilan telefon orqali bog‘lanadi va o‘zini tanishtirib, Tashqi ishlar migratsiyasida ishlashini aytadi. Gap orasida Koreyaga jo‘natishga yordam berishini quyuq va’da qiladi. Xorijda mehnat qilishga orzumand yigitning ishonchini qozonish uchun uning fuqarolik pasportini ham olib, 6 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib ketadi.

Chet elda mehnat qilish uchun yaxshigina “haq” to‘lab, fuqarolik pasportisiz qolgan o‘g‘lining ikki yildan buyon Koreya davlatiga jo‘nab keta olmayotganidan xunob bo‘lgan onasi ushbu masalada yordam so‘rab, ichki ishlar idorasiga murojaat etadi.

Alqissa, telefon orqali Boybo‘ri bilan tanishib, unga va’dani quyuq qilgan “uddaburon” V.Firibjonov 2017-yil oktabr oyida boshqa firibgarlik jinoyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi, “b” bandi bilan sudlanib, Qashqadaryo viloyatidagi jazoni ijro etish muassalaridan birida tegishli jazoni o‘tayotgan ekan.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют