» » Qo‘qonda bir yilda 2 marta Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi

Qo‘qonda bir yilda 2 marta Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi


Qo‘qonda bir yilda ikki marta Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. Bu O‘zbekiston prezidentining 1-noyabrdagi qarorida o‘z aksini topdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Birinchi marta ushbu festival hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya 2019-yilning 10?15-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Festivalga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir Abdulla Aripov boshchilik qiladi.

Festival doirasida Qo‘qondagi markaziy maydonning yon atrofida hunarmandchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy hunarmandchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, milliy liboslar ko‘rgazmali chiqishlari, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlarini namoyish etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют