» » Qo‘yliqda bir ayol, Piskentda ikki yigit is gazidan zaharlandi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi

Qo‘yliqda bir ayol, Piskentda ikki yigit is gazidan zaharlandi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi


O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, is gazidan zaharlanish va gaz chaqnashi bilan bog‘liq ayrim holatlar haqida axborot berdi.

Toshkentning Mirobod tumanida uyda gaz plitasi muntazam yoqib qo‘yilgani natijasida 1992-yilda tug‘ilgan G.J. is gazidan zaharlangan. Ayolga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qo‘yliq 1-dahasi 6-uydagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Toshkent viloyatining Pskent tumani “Cho‘laqo‘rg‘on” mahallasi Saodat ko‘chasidagi uylardan birida ham is gazidan zaharlanish qayd etildi. Buvisining uyiga mehmonga kelgan 2000-yilda tug‘ilgan I.S. va 2002-yilda tug‘ilgan S.S. pechga yoqilgan ko‘mirdan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Sirdaryo tumani “Xazina” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B.U. uyida hammom chirog‘ini yoqishi natijasida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Fuqaro kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida ham shunga o‘xshash holat ro‘y bergan. “O‘rtaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan I.N. oshxonasida gugurt yoqqan vaqtida shu yerda turgan gaz ballonidan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda ayol va uning 4 yoshli qizi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

“Ushbu holatlar yuzasidan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda, biroq unda bu voqealar aynan qachon bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Bundan tashqari, O‘zA xabarida qayd etilishicha, “o‘tgan haftada 220 ta yong‘in qayd etilgan, ularda ikki fuqaro halok bo‘lgan”, lekin sanaga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют