» » Abdulaziz Komilov germaniyalik hamkasbi bilan O‘zbekiston Prezidentining Berlin safariga tayyorgarlikni muhokama qiladi

Abdulaziz Komilov germaniyalik hamkasbi bilan O‘zbekiston Prezidentining Berlin safariga tayyorgarlikni muhokama qiladi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 7—8-noyabr kunlari Germaniyaga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Germaniya tashqi ishlar federal vaziri Xayko Maas va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston—Germaniya uchrashuviga tayyorgarlikning borishi muhokama qilinadi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokamasi ham ko‘zda tutilgan.

“Tashrif doirasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi TIV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil yanvarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga safar qilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют