» » O‘zbekiston va dog‘istonlik noqonuniy taksi haydovchilari Moskvada janjal chiqardi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston va dog‘istonlik noqonuniy taksi haydovchilari Moskvada janjal chiqardi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi


5-noyabr kuni Moskvadagi Varshava shossesida qurol ishtirokidagi qotillik yuz berdi, deb xabar berdi “Repost”.

O‘zbekiston va dog‘istonlik taksi haydovchilari o‘rtasida kelib chiqqan ushbu janjal oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Janjal “Annino” metro bekati yaqinida kunduz soat 13:00 atrofida yuz berdi.

“Haydovchilar yo‘lovchi olish uchun to‘xtash joyini bo‘lisha olmadi. Har bir millat vakili metro yaqinidagi kichik joy unga tegishli ekanligini uqtirardi”, — deyiladi xabarda.

Janjalda ikkala tomondan 10 ga yaqin kishi ishtirok etgan. Mushtlashuv tufayli chang ko‘tarilgan paytda janjal ishtirokchilaridan biri pnevmatik to‘pponcha yordamida “raqib” tomonga o‘q uzgan.

Jarohatlanuvchi tez yordam kelguniga qadar halok bo‘lgan. Qotillik sodir etgan shaxs hali ushlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют