» » Putin va Trampning uchrashuvi Emmanuel Makronning iltimosiga ko‘ra qoldirildi

Putin va Trampning uchrashuvi Emmanuel Makronning iltimosiga ko‘ra qoldirildi


Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Parijdagi to‘liq formatdagi uchrashuvi Fransiya tomonining iltimosiga ko‘ra qoldirildi, deb xabar beradi “Meduza”.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron oliy darajadagi Amerika—Rossiya muzokaralari Birinchi Jahon urushining tugashiga bag‘ishlangan tadbirlar bilan aralashib qolmasligi uchun uchrashuvni keying qoldirishni so‘ragan.

Yubiley tadbirlarida ishtirok etish uchun Parijga keladigan Donald Tramp va Vladimir Putin 11-noyabrda muzokaralar o‘tkazishi taxmin qilingan edi.

Biroq, 5-noyabr kuni Tramp Putin bilan keng ko‘lamli muzokaralar o‘tkazilishi ehtimoldan yiroq ekanligini ma’lum qildi. Bu xabarni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют