» » Ostonada O‘zbekiston tadbirkorlarining savdo-ko‘rgazma markazi ish boshladi

Ostonada O‘zbekiston tadbirkorlarining savdo-ko‘rgazma markazi ish boshladi


Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Qozog‘istonning “NurGroup” kompaniyasi hamkorligida Ostona shahrining “Samg‘au -Toshkent“ savdo uyida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning savdo-ko‘rgazma markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Savdo-ko‘rgazma markazining ochilishida Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi, Ostona shahar hokimligi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Samarqand, Buxoro, Turkiston shaharlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali stendlar namoyish etildi, o‘zbek milliy oshxonasi, kulolchilik, kashtado‘zlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Qayd etish joizki, savdo-ko‘rgazma markazi doimiy faoliyat yuritadi. Ayni vaqtda unda namoyish etilayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlarning qandolat, tekstil, mebelsozlik, maishiy texnika mahsulotlarini ulgurji va chakana va narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgan.

— Hali savdo-ko‘rgazma markazi ish boshlamay turib, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Samg‘au – Toshkent savdo uyining savdo aylanmasi 1 million dollardan ziyodni tashkil etdi, — dedi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Mirabbos Aslanov. — Endigi maqsadimiz kelayotgan 2019-yilda Rossiya Federatsiyasi va Boltiqbo‘yi davlatlarida O‘zbekiston mahsulotlarining shu kabi 4 ta savdo-ko‘rgazma markazini ochish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют