» » NamMTI olimlari Tojikistondagi oliy o‘quv yurti faxriy professori bo‘ldi

NamMTI olimlari Tojikistondagi oliy o‘quv yurti faxriy professori bo‘ldi


Namangan muhandislik-texnologiya institutining 3 nafar olimi Tojikistondagi oliy o‘quv yurti faxriy professoriga aylandi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.

Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Avazbek Obidov, tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi mudiri Olimjon Sarimsoqov, ushbu kafedra professori Hamidxon Ahmadxo‘jayev Tojikistonda xizmat safarida bo‘ldi. Ular safar davomida Tojikiston texnologiya universiteti, Dang‘ara davlat universiteti hamda Kulob shahridagi texnologiyalar va innovatsion menejment instituti faoliyati bilan tanishdi.

Institut olimlari dastlab Dushanbe shahridagi Tojikiston texnologiya universiteti o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Universitet talabalari uchun “Paxtani dastlabki ishlash” fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.

Dang‘ara davlat universitetida ham talabalarga dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Universitet bilan hamkorlik qiladigan Xitoy firmasiga qarashli to‘qimachilik korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Institut delegatsiyasi Kulob shahridagi texnologiyalar va innovatsion menejment institutida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimida hamda seksiyalarda o‘tkazilgan ma’ruzalarda ishtirok etdi. Talabalar uchun to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlari o‘zaro tajriba almashishda muhim o‘rin tutdi.

Olimlar mazkur institutning faxriy professori unvoniga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, NamMTI bilan Dang‘ara davlat universiteti hamda Kulob texnologiyalar va innovatsion menejment instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют